Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Erdo‘g‘anning AQShda mushtlashib ketgan qo‘riqchilari G20 sammitiga kelishiga qarshi
Germaniya hukumati 7-8 iyul kunlari Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Vashingtonda namoyishchilar bilan mushtlashib ketgan qo‘riqchilari kelishiga qarshi. Welt gazetasi shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hukumat vakillari bundestagning yopiq majlisida parlamentariylarga shu haqida ma'lum qilishgan.
Germaniya maxsus xizmatlari shuningdek Erdo‘g‘anning tashrifi uning tarafdorlari va qarshi tomon, shu jumladan turk diasporasi va kurdlar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqishidan xavfsiramoqda. Ta'kidlanishicha, Germaniya hududida Kurdiston Ishchilar partiyasining 14 mingcha tarafdori bo‘lib, ulardan 600 nafari Gamburgda yashaydi.
Gap shundaki, Turkiya prezidentining AQShga tashrifi davomida mamlakatning Vashingtondagi qarorgohi oldida uning qo‘riqchilari va namoyish ishtirokchilari mushtlashib ketishgan.
Mavzuga oid
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026