Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda vabodan ikki oy ichida 1,3 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi
Foto: Sputnik
Yamanda aprel oxiridan ayni vaqtgacha, ya'ni ikki oy ichida 1,3 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Qurbonlarning chorak qismini bolalar tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.
"Yamanning barcha viloyatlarida ikki oy davomida vabo tarqaldi. 1,3 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi, ulardan chorak qismi bolalardir", deb aytilgan tashkilotning tvitterdagi xabarida.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaboga gumon qilinayotganlar soni 200 ming kishidan oshib ketgani ma'lum qildi.
Avvalroq YUNISEFning Yamandagi vakili Yamanda vabo bilan kasallanganlar soni avgust oxirigacha 300 ming kishigacha oshishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Vabo – o‘tkir ichak infeksiyasi bo‘lib, ingichka ichakning shikastlanishi, qayd qilish, organizm tomondan suyuqlikning tez yo‘qotilishi bilan kechadi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:40 / 11.09.2025
Isroil Sano shahriga zarba berdi: 35 kishi halok bo‘ldi
15:23 / 31.08.2025