Jamiyat | 11:28 / 26.06.2017
8225
1 daqiqa o‘qiladi

“Qoradori-2017”: Olmazorda “Lasetti” salonidan marixuana topildi

Illyustrativ surat. Foto: Kun.uz

2017 yilning 24 iyun kuni, Olmazor tumani hududida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Nigmatov Azim Mamatovichning boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina tekshirilganda, uning salon qismidan uchta gugurt kutisiga kadoklangan og‘irligi 6,2 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda ozginadan ko‘proq miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid