Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistonda yangi prezident saylanmoqda. Davlat yaqin 4 yilda qaysi yo‘ldan ketadi?
Mo‘g‘ulistonda dushanba kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat fuqarolari umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘l bilan respublikaning beshinchi rahbarini saylashadi.
Mo‘g‘ulistonda prezidentlik saylovlari yettinchi marotaba o‘tkazilmoqda, ularda yirik siyosiy partiyalardan uchta nomzod ishtirok etayapti. Demokratik partiya vakili bo‘lmish amaldagi davlat rahbari Tsaxiagiyn Elbegdorj lavozimida ikki muddat qoldi, hamda mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, uchinchi marotaba o‘z nomzodini qo‘yishga haqi yo‘q.
Agarda respublikaning yangi rahbari ovoz berishning birinchi turida saylansa, inauguratsiya 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng prezident o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.
Mo‘g‘uliston geografik joylashuvi va boy tabiiy resurslari sabab mintaqadagi muhim o‘yinchiga aylanib bormoqda, shuning uchun bugungi saylovlar zamonaviy Mo‘g‘uliston yaqin to‘rt yil ichida qaysi yo‘ldan ketishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Respublika prezidenti umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan 4 yilga saylanadi. 50 foizdan ko‘proq ovozni qo‘lga kiritgan nomzod g‘olib bo‘ladi, agarda hech bir nomzod yetarlicha ovozni qo‘lga kirita olmasa, ikki hafta ichida ikkinchi tur bo‘lib o‘tadi va unda prezidentlik poygasi g‘olibi aniqlanadi.
26 iyun kuni mamlakat hududida 1983 ta saylov uchastkasi ochildi. Mo‘g‘ulistonning xorijda yashovchi fuqarolari mamlakatning diplomatik missiyalari hududida 10 va 11 iyun kunlari ovoz berishdi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va intellektual mulk masalalari bo‘yicha bosh boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, Mo‘g‘ulistonning 2 002 3018 fuqarosi ovoz berish huquqiga ega. Biroq, turli sabablarga ko‘ra, ulardan faqatgina 1 978 294 tasi saylov ro‘yxatlariga kiritilgan.
Joriy yildagi prezidentlik saylovlariga qiziqish katta, ovoz berish jarayonini 36 davlatdan kelgan 117 xorijiy kuzatuvchi nazorat qilib boradi.
Shu bilan birga, Mo‘g‘ulistonda saylov kuni exit poll so‘rovlarini o‘tkazish taqiqlangan, shu sababli ovoz berish bo‘yicha ma'lumotlarni mamlakat MSKdan bilish mumkin bo‘ladi.
Mamlakat prezidenti lavozimiga uchta nomzod da'vogarlik qilmoqda. Mo‘g‘uliston xalq partiyasidan (MXP) Miyeegombin Enxbold nomzod bo‘lsa, Demokratik partiyadan (DP) Xaltmaagiyn Battulga qatnashmoqda, Mo‘g‘uliston xalq-inqilobiy partiyasi (MXIP) vakili esa - Saynxuugiyn Ganbaatar.
MXP yetakchisi Miyeegombin Enxboldning ma'lum qilishicha, saylovlarda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, mamlakatni inqirozdan olib chiqish, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishini to‘xtatish, barqarorlikka erishish va boylar hamda qashshoqlar o‘rtasidagi farqni qisqartirishga harakat qiladi.
MXIP vakili Saynxuugiyn Ganbaatar esa deputatlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffof hukumat hamda jamiyatni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Xaltmaagiyn Battulga, xuddi amaldagi prezident kabi, Demokratik partiya (DP) vakilidir. U qashshoqlik, korrupsiya, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik bilan kurashishi haqida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
10:06 / 09.03.2026
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini o‘rganadi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026