08:08 / 26.06.2017
4208

Mo‘g‘ulistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Trend

26 iyunda Mo‘g‘ulistonda prezidentlik saylovlari munosabati bilan ovoz berish uchastkalari ochildi. 

Ma'lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 07:00da butun mamlakat bo‘ylab 1983 ta saylov uchastkasi ochildi. Ularda 1,978 mln kishi ovoz bera olishi mumkin. 

Ovoz berish soat 22:00da yakunlanadi.

Prezident lavozimi uchun Mo‘g‘uliston xalq partiyasidan Miyeegombin Enxbold, Demokratik partiyadan Xaltmaagiyn Battulg va Mo‘g‘uliston xalq-inqilob partiyasidan Saynxuugiyn Ganbaatar kurash olib boradilar.

Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmasa, saylovlarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Top