Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Hindistonga 366 mln dollarlik qurol-aslaha yetkazib beradi
AQSh Hindiston bilan 366 mln dollarlik harbiy shartnoma imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Bitimga ko‘ra, Vashington Hindistonga S-17 harbiy-transport samolyoti va 4 ta aviatsion dvigatel yetkazib beradi. Qurol-aslaha shuningdek radioelektron bostirish vositalarini tashlash tizimi, raketa hujumidan ogohlantirish tizimi hamda radio javobbergichlarni o‘z ichiga oladi.
The Independent nashri ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh davlat departamenti ushbu bitimni AQSh prezidenti Donald Tramp va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining uchrashuvi vaqtida ma'qullagan.
Boeing C-17 Globemaster III strategik harbiy-transport samolyoti bo‘lib, bunday turdagi samolyotlar Hindistonga 2013 yilda yetkazib berila boshlangan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026