Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antaliyada O‘zbekiston kapitali ishtirokida qariyb 30 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda
Turkiyaning Antaliya shahrida 2017 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, xorijiy kapitalga ega kompaniyalar soni o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 4,3 foizga oshdi – 3100 gacha. Bu haqda Antaliya savdo-sanoat palatasi ma'lumotlarida aytiladi.
Bugungi kunda Antaliyada Rossiyaning 500 ta, Germaniyaning 450 ta, Niderlandiyaning 182 ta, Saudiya Arabistonining 176 ta, Eronning 144, Ozarboyjon va Buyuk Britaniyaning 141 tadan, Fransiyaning 138 ta, Qozog‘istonning 112 ta, Ukrainaning 108 ta, Amerikaning 84 ta, Ispaniyaning 60 ta, Italiyaning 59 ta, Suriyaning 57 ta va Avstriyaning 48 ta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, Antaliyada Belgiya va Shveytsariya kapitaliga ega 35 ta, Daniya va Xitoyning 32 tadan, Britaniyaning 31 ta, Iroqning 29 ta, Qirg‘izistonning 27 ta, O‘zbekistonning 26 ta, Turkmanistonning 25 ta va Gretsiya kapitaliga ega 24 ta kompaniya bor.
Antaliya savdo-sanoat palatasi direktorlar kengashi rahbari Dovut Chetinning xabar berishicha, Antaliya xorijiy kapitalga ega kompaniyalar soni bo‘yicha Istanbuldan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Antaliyada so‘nggi bir yil ichida xorijiy kapitalga ega 129 ta kompaniya faoliyat boshladi, ularning asosiy aksiyadorlariga Eron, Saudiya Arabistoni va Suriya fuqarolari aylangan.
Mavzuga oid
20:43 / 15.06.2026
Xorijdagi biznesga 200 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat berildi
10:07 / 04.05.2026
Chet el valutasida obligatsiya chiqarishga ruxsat berildi
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
13:23 / 13.01.2026