Jahon | 08:16 / 27.06.2017
9420
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqida po‘latga kiritiladigan boj uchun AQShdan o‘ch olishga va'da qilindi

Foto: © AP Photo / Yves Logghe

Yevropa Ittifoqi agar AQSh Yevropa po‘lati importiga cheklov kiritsa, unda javob choralar ko‘radi, deb aytdi savdo bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstrem. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda. 

"Biz bu chora Jahon savdo tashkiloti me'yorlariga mos kelishiga ishonch hosil qilishimiz kerak va agar u bizga putur yetkazsa, unda biz ham albatta shu tariqa javob beramiz. Qanday qilib va qachonligini hozir aytmayman, biroq biz bunga tayyorlanmoqdamiz", deb ma'lum qildi Malmstrem.

"Biz odatda aniqlik bo‘lmaguncha javob choralar haqida gapirmaymiz, biroq bu javob kuchli bo‘ladigan holatdir", deb aytdi FT bilan suhbatda boshqa bir yevropalik diplomat. 

Aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp po‘lat importining AQSh milliy xavfsizligiga ta'sirini tekshirishni boshlashga ko‘rsatma bergandi. Tekshiruv natijalari yaqin orada oshkor qilinadi va Vashington, ehtimol, bu sohada yangi boj va kvotalar kiritishi mumkin. Yangi choralar esa Yevropa, Kanada va Yaponiya uchun og‘riqli bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid