Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada fuqaroligi yo‘q kishilarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat paydo bo‘lishi mumkin
Rossiyada yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan kishilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat olishlari mumkin. Bunday qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda, deb yozadi «Izvestiya» gazetasi hukumat va kuch tuzilmalaridagi manbalarga asosan.
Prezident huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha migratsiya Kengashi komissiyasi raisi Yevgeniy Bobrovning aytishicha, bunday qonun loyihasi IIV tomonidan tayyorlanmoqda.
«Fuqaroligi yo‘q kishilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat paydo bo‘lishi kerak. U vaqtinchalik yashashga ruxsat olingunga qadar amal qiladi. Bunday hujjatni olishi mumkin bo‘lgan kishilar juda ko‘p. Ularning eski hujjatlari yo‘qolgan, yangilari esa berilmayapti», - deya aniqlik kiritdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda, agarda fuqaroligi bo‘lgan inson vaqtinchalik yashashga ruxsat olsa, unga ma'lumotnoma beriladi. Biroq, ruxsatni olishning uddasidan chiqa olmasa, hech qanday hujjat berilmaydi.
Taxminlarga ko‘ra, Rossiyada fuqaroligi yo‘q kishilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda inson haqidagi asosiy ma'lumotlar, yashash manzili, shuningdek, fotosurati bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026