Jahon | 09:12 / 27.06.2017
10233
1 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: dunyoda AQShning obro‘si Tramp tufayli tushib ketdi

Foto: NTV

Dunyo davlatlarining AQShga nisbatan munosabati, mamlakatga Donald Tramp prezident bo‘lganidan so‘ng yomon tomonga o‘zgardi. Bunday xulosaga Pew Research Center markazi mutaxassislari 37 davlatda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra kelishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, AQSh imiji Yevropa, Osiyoning barcha mamlakatlari va dunyoning boshqa yerlarida jabr ko‘rgan. Bundan faqat ikki davlat istisno: Rossiya va Isroil.

Tadqiqotchilar ma'lumotiga ko‘ra, sobiq prezident Barak Obamaning prezidentligi so‘nggi yillarida AQShning ijobiy obrazi turli davlatlardan bo‘lgan 64 foiz respondentlarda yuzaga kelgan. Biroq, Trampning hokimiyat tepasida besh oydan beri bo‘lishi paytida bu foiz – 49 ga qadar qisqardi.

Shu bilan birga, Tramp to‘g‘ri siyosat olib borayotganini faqatgina 22 foiz ishtirokchilar e'tirof etgan (Obama paytida – 64 foiz).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid