Jahon | 09:00 / 28.06.2017
5863
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada yangi kimyoviy hujumga tayyorgarlik ketayotgani borasida dalillarni taqdim etmaydi

Foto: MIA "Rossiya segodnya"

AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning ma'lum qilishicha, mamlakat ma'muriyati Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilishiga tayyorgarlik olib borilayotgani borasidagi dalillarni taqdim etmaydi.

«Ular (dalillar) ochiqlanmaydi, sababi bu razvedkaning ishi. Barchangizga ma'lumki, ba'zida shunday holatlar paydo bo‘ladiki, ular haqida batafsil ma'lumotni keltirishimiz mumkin emas. Biroq, ular Qo‘shma Shtatlar hukumati e'tiborini o‘ziga tortmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid