Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviakompaniya nogiron erkakni samolyotga emaklab chiqishga majburladi
Yaponiyaning Vanila Air iqtisod-sinfdagi aviakompaniyasi imkoniyati cheklangan yo‘lovchini samolyot bortiga emaklab chiqishga majburladi, deb xabar bermoqda Kiodo agentligi.
Nogironlik aravachasida harakatlanuvchi erkak Yaponiya janubidagi Amami shahriga chipta xarid qilgan. Ro‘yxatga olish joyida esa unga mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan kishilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sharoit yo‘q ekanini bildirishgan. Unga shunday deyishgan: “kim yura olmasa, u samolyot bortiga ham chiqa olmaydi”.
Biroq, do‘sti erkakni qo‘llarida ko‘tarib oldi va samolyotga o‘tqazib qo‘ydi. Ammo qaytish chog‘ida xodimlar u bortga mustaqil ravishda chiqa olmasligini ma'lum qilishdi va buni o‘zi bir amallab qilishi lozimligini bildirishgan. Natijada oyog‘i falajlangan erkak trapning 17 ta zinachasidan emaklab chiqdi.
Hodisa OAV tomonidan keng yoritilgach, aviakompaniya undan uzr so‘rab qo‘ya qoldi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026