Jahon | 11:17 / 28.06.2017
12142
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Irlandiya bosh vaziri bilan suhbatni jurnalist ayolga xushomad sabab bir necha bor to‘xtatib qo‘ydi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Irlandiya yangi bosh vaziri Leo Varadkar bilan telefon muloqotini Irlandiya radio va televideniyesi jurnalisti Katrin Perriga xushomad qilish uchun bir necha bor to‘xtatib qo‘ydi. 

Ro‘y bergan holat tasvirlangan videoyozuv matbuot xodimasi tomonidan tvitterda joylashtirildi.

«Siz qayerdansiz? Bu yerga keling-chi», - deya jurnalistga murojaat qildi Tramp.

Shundan keyin Perri Amerika prezidenti stoliga yaqinlashgan va o‘zini tanishtirgan.

«Bizda bu yerda Irlandiya matbuotining juda go‘zal vakilalari bor. Katrina Perri, umid qilamanki, sizlar u yerda uni xafa qilmaysizlar», - deya kinoya bilan murojaat qilgan Tramp Varadkarga.

Reuters ma'lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti va Irlandiyaning yangi bosh vaziri suhbat davomida Brexit hamda migratsiya masalalarini muhokama etishgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid