Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni «Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishini imzoladi.
Unga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov rahbarligidagi Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ishchi komissiya tuziladi.
Komissiyaga ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, umumiy tizimga birlashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimlar va uskunalar hisobini yuritish bo‘yicha yagona normativ-texnik talablar, davlat standartlarini tasdiqlash yuzasidan takliflarni tayyorlash vazifasi topshirildi.
O‘rganish natijalari asosida O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Xorijlik hamkorlarni jalb etgan holda elektr energiyasi va gaz hisobini yurituvchi zamonaviy elektron uskunalar, ular uchun tegishli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.
Loyihalarga mahalliy ishlab chiqaruvchilar va moliyaviy mablag‘larni jalb qilish rejalashtirilgan. Jumladan, transport-logistika xizmatlari, radio va mobil aloqa xizmatlarini takomillashtirish hisobidan mamlakatda avtomatlashtirilgan tizimlarning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilmalarni rivojlantirish lozim.
2 oy muddat ichida prezident devoniga belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan aniq takliflar va normativ-huquqiy aktlar loyihalari kiritilishi belgilangan.
Mavzuga oid
09:20 / 12.06.2026
Saratonga qarshi kurashning yangi bosqichi: milliy dastur joriy etiladi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
20:05 / 11.06.2026
Bolaga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
18:36 / 11.06.2026