Jamiyat | 15:51 / 29.06.2017
4376
1 daqiqa o‘qiladi

“Qoradori-2017”: Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro marixuana bilan qo‘lga tushdi 

2017 yilning 27 iyun kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani xududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida, fuqaro Rustam Qurbonboyev og‘irligi 708,26 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
 
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid