Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun fotosi: Ronaldu egizak farzandlari bilan
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramdagi sahifasida yangi tug‘ilgan farzandlari bilan tushgan suratini namoyish etdi. Endi portugaliyalik futbolchi 6 yoshli Kenja Krishtianu Ronaldudan keyin egizaklar – Yeva va Mateuni tarbiyalaydi.
«Hayotimdagi ikki yangi sevgimni qo‘limda tutib turganimdan baxtiyorman», - deya yozgan Ronaldu.
Futbolchining egizak farzandlari 8 iyun kuni tug‘ilgan, bu haqida 11 iyun kuni xabar tarqalgandi. Uning o‘zi bugun ushbu ma'lumotni tasdiqladi va ularni ko‘rish uchun yo‘l oldi. U shu munosabat tufayli milliy terma jamoa qarorgohini tark etib, Konfederatsiyalar kubogi-2017 turnirining uchinchi o‘rni uchun bahsda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026