Jahon | 09:51 / 29.06.2017
9862
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: Kreml AQSh Rossiyadagi rejimni o‘zgartirish harakatida ekaniga ishonchi komil

Kreml AQSh Rossiyada rejimni o‘zgartirish niyatida ekaniga ishonchi komil. AQSh Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi hisoboti mualliflari shunday xulosaga kelishgan, deb xabar bermoqda AP hujjatga asosan. Amerika maxsus xizmatlari fikricha, Rossiya hukumatining xavotiri Moskva va Vashington o‘rtasida “harbiy raqobat va keskinlikni ta'minlab turibdi”.

Pentagon hisobotida aytilishicha, Rossiya AQShning butun dunyoda demokratiyani ilgari surish harakatlariga ishonchsizlik bilan munosabatda, buni “yagona qadriyatlarni boshqalarga majburlab singdirish” deb qabul qilmoqda. “Kremldagilar AQSh Rossiyada rejimni o‘zgartirish uchun asos qo‘yayotganiga ishonmoqda; Ukrainadagi hodisalar ham bunga turtki berdi”, - deyishgan hisobot mualliflari. Ular o‘z xulosalariga Rossiya hukumatining, aynan AQSh 2014 yilda Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich lavozimidan ketishga majbur bo‘lgan “xalq isyoni”ga turtki bergani borasidagi so‘zlaridan kelib chiqishgan.

AP’ning ta'kidlashicha, “Rossiya harbiy davlati” nomi ostidagi hujjat Amerika razvedkasi so‘nggi yigirma yil ichida ikki davlat munosabatlariga baho berishga harakat qilgan ilk hisobot bo‘ldi. “Moskva AQShning xalqaro qabul qilinuvchi normalarni ilgari surayotgani Kreml hukumati asoslariga tahdid solayotgani, Rossiya ichki ishlariga xorijiy aralashuv uchun huquq berishidan xavfsiramoqda”, - deyiladi hisobotda.

Hujjatga so‘zboshi yozgan DIA direktori, general-leytenant Vinsent Styuartning bildirishicha, Rossiya kelayotgan o‘n yil davomida jahon arenasida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashi mumkin. DIA rahbarining taxminicha, sovuq urushga o‘xshash bo‘lgan global mafkuraviy kurash avj olishi mumkin, Moskva uning doirasida “barqarorlikni o‘z shartlarida ta'minlash uchun qurolli kuchlardan foydalanishi ehtimolga yaqin”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid