Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda 6 ming dollarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi
2016 yil 13 dekabr kuni, Doniyor Azimov Yunusobod tumani hududida fuqaro Vyacheslav Kimning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, unga do‘kon va yer maydoni olishda yordam berishini va'da qilib, 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing ancha miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026