Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Buxoro-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” yo‘lovchi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
№766/765-sonli poyezd har kuni ertalabki soat 5:00 da Buxoro vokzalidan jo‘nab, ertalabki soat 8:48 da Toshkent markaziy vokzaliga kirib keladi. Shu kuni kechki soat 18:50 da ortga qaytgan poyezd tungi soat 22:48 da Buxoroga yetib boradi.
Shu munosabat bilan 1 iyul kunidan boshlab Toshkent-Qarshi-Toshkent hamda Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishlarida harakatlanayotgan “Afrosiyob” yo‘lovchi elektropoyezdlarining harakatlanish vaqtiga ham o‘zgartirish kiritildi.
Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan №760/759-sonli “Afrosiyob” yo‘lovchi elektropoyezdi har kuni ertalabki soat 8:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo‘nab, kunduzgi soat 11:20 da Qarshiga yetib boradi va shu kunning o‘zida kunduzgi soat 16:48 da Qarshi vokzalidan ortga qaytib, kechki soat 20:10da Toshkentga yetib keladi.
Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan №762/761-sonli elektropoyezd har kuni ertalabki soat 7:30 da poytaxtdan jo‘nab, kunduzgi soat 11:16 da Buxoroga yetib boradi va shu kuni kunduzgi soat 15:52 da Buxorodan ortga qaytib, kechki soat 19:40da Toshkentga yetib keladi.
Shuningdek, 1 iyul kunidan boshlab bir qator yo‘lovchi poyezdlarning harakatlanish jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Bu boradagi ma'lumotlarni www.railway.uz veb-sayti yoki 1005 telefon raqami orqali bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
16:28 / 13.06.2026