Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Los-Anjyeles yaqinida tunnel qurilayotganini ma'lum qildi
Amerikalik milliarder va SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Los-Anjyeles yaqinida tunnel qurilishi boshlanganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Verge nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tunnelni qurish bilan Maskning katta loyihasi hisoblanuvchi Boring Company kompaniyasi shug‘ullanmoqda.
Tunnelning birinchi seksiyasi qurib bitkazildi, bu haqda Mask tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. "Burg‘ilash boshlandi va Los-Anjyelesdagi tunnelning birinchi segmenti yakunlandi", deb ma'lum qilgan Mask.
Loyiha yuqori tezlikdagi avtomobil trassasi o‘tadigan tunnel qurilishini ko‘zda tutadi. Loyihaning amalga oshirilishi qancha vaqt olishi ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
20:10 / 04.06.2026
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
21:26 / 05.05.2026
Davlat chegarasidagi noqonuniy tunnel uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
10:25 / 12.01.2026
“Oltin globus-2026”: g‘oliblar e’lon qilindi
19:33 / 27.12.2025