Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil samolyotlari Suriya armiyasi marralarini o‘qqa tutdi
Foto: AFP
Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya armiyasining Golan tepaliklaridagi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda 30 iyunda Haaretz nashri ma'lum qildi.
Hujum oqibatida minomyot yo‘q qilingan. Isroil aviatsiyasining hujumi 30 iyunda bu hudud Suriya tomondan tasodifan artilleriyadan o‘qqa tutilganiga javob bo‘lgan. Isroil tomondan nazorat qilinuvchi hududda hech kim jabr ko‘rmagan.
Bu hodisa oxirgi haftada to‘rtinchi shunday hodisa bo‘lmoqda. 27 iyunda Isroil aviatsiyasi mamlakat hududining o‘qqa tutilishiga javoban XAMAS guruhining G‘azo sektoridagi ikkita obektiga zarba bergan. Yana shunday voqea 25 iyunda yuz bergan.
Golan tepaliklari yarim asrdan beri Isroil tomondan nazorat qilinib kelinadi, u Yaqin Sharqdagi ko‘plab bahsli hududlardan biri hisoblanadi. Bu hudud 1944 yildan 1967 yilgacha Suriyaga tegishli bo‘lgan, biroq Olti kunlik urush davomida uni Isroil bosib olgan va keyinroq o‘ziga qo‘shib olgan. BMT Xavfsizlik kengashi buni noqonuniy deb tan olgan. Isroil kabi Suriya Golan tepaliklarini o‘z hududining bir qismi deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
21:29 / 09.01.2026
Isroil: Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashini Nikolay Mladenov boshqaradi
12:47 / 09.01.2026
Isroil G‘azoga yana zarba berdi: 13 kishi halok bo‘ldi
14:23 / 08.01.2026
Suriyada yana janglar boshlandi
11:37 / 07.01.2026