Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda maktablarning 5 kunlik ta'limga o‘tishi deputatlar tomondan ma'qullandi
Qirg‘izistonda maktablarning 5 kunlik ta'lim haftasiga o‘tilishi deputatlar tomondan birinchi o‘qishda ma'qullandi. Ushbu qaror Jogorku Kenesh yig‘ilishida qabul qilindi.
"Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiruvchi Yevropa davlatlari, AQSh, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa ko‘plab davlatlarda maktablarda 5 kunlik ta'lim ko‘zda tutilgan. Ba'zi davlatlar hattoki 4 kunlik ta'limga ham o‘tgan. Qozog‘istonda prezident farmoni bilan maktablarni 5 kunlik ta'limga o‘tkazish jarayoni boshlangan", deb aytilgan qonun loyihasiga asosnomada.
Ushbu g‘oya tashabbuschilarining fikricha, 6 kunlik ta'limdan 5 kunlik ta'limga o‘tish o‘quvchilarga tushayotgan yuklamani kamaytirishga, o‘qituvchilarga esa dam olish uchun qo‘shimcha bir kun olishga imkon beradi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat va hududdiy umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ushbu qonun kuchga kirishi bilan 5 kunlik ta'lim haftasi quyidagi muddatdan joriy qilinadi:
- umumiy boshlang‘ich ta'lim oluvchi o‘quvchilar uchun 2017 yil 1 sentabrdan;
- umumiy o‘rta ta'lim oluvchi o‘quvchilar uchun 2018 yil 1 sentabrdan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026