Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yoshlar Ittifoqiga Xalqaro Press-klubni ibrat qilib ko‘rsatdi
30 iyun kuni Yoshlar Ittifoqining ta'sis majlisida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherzodxon Qudratxo‘jayev raisligi ostidagi Xalqaro Press-klub faoliyatini alohida e'tirof etdi.
"Yaqinda ish boshlagan Xalqaro Press-klub menga juda yoqadi. Xalqaro Press-klub orqali xalq vazirlarni taniyapti. Shu bugun tashkil qilingan Yoshlar ittifoqiga ana shunday Press-klub bo‘lishini tavsiya qilgan bo‘lardim", - dedi davlat rahbari.
Bundan avval, O‘zbekiston Prezidenti Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bag‘ishlangan tabrigida ham Xalqaro Press-klubni muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tashkilotlar qatoriga qo‘shgan edi:
"O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi paytda ularning qatoriga Xalqaro Press-klub ham qo‘shildi".
Ma'lum bo‘lishicha, tez orada Xalqaro Press-klub "press-qahva", "press-nonushta", "press-lanch" kabi press-iventlarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi.
Mavzuga oid
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49 / 18.06.2026