Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top-5: Eng yirik xufyona iqtisodiyotga ega mamlakatlar
Diplom va sertifikatli hisobchilar assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants, ACCA) dunyoning eng yirik xufyona (yoki soya) iqtisodiyotlari reytingini taqdim etdi. Bu haqida RNS'da ma'lum qilindi.
Reyting yetakchisi sifatida Ozarboyjon qayd etildi - uning soya iqtisodiyoti hajmi YaIMning 67 foizini tashkil qiladi. Top-5 xufyona iqtisodiyotlar reytingiga shuningdek Nigeriya (48,4 foiz), Ukraina (46 foiz atrofida), Rossiya Federatsiyasi (39,07 foiz) va Shri-Lanka (37,8 foiz) ham kiritildi.
2016 yil yakunlariga ko‘ra, eng kam hajmli soya iqtisodiyoti AQSh (YaIMning 7,8 foizi), Yaponiya (10,1 foiz) va Xitoy (10,2 foiz) davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Ro‘yxatda jami 28 mamlakat nomi keltirilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 15.07.2026
Dunyoda yashash uchun eng qulay davlatlar reytingi ma’lum bo‘ldi
08:46 / 14.07.2026
Dunyoda eng ko‘p tankka ega davlatlar ma’lum qilindi
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026