Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Mirzo Ulugbek Innovation Center tashkil etilmoqda
Toshkentda Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Innovatsion markaz tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Markaz Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashadi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi.
Yangi markazni tashkil etish bo‘yicha loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga 29 iyun kuni taqdim etildi.
Markaz dasturiy ta'minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Markaz ishtirokchilari axborot xavfsizligi sohasidagi loyihalarni ham amalga oshiradi. Markaz startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, bu yerda axborot texnologiyalari sohasida tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Innovatsion markaz rezidentlari soliq va majburiy to‘lovlardan ozod etiladi. Ularga bojxona imtiyozlari ham beriladi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026