Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona: Braziliya, Argentina va boshqa davlatlarda kishilar ochlikdan halok bo‘lishi mumkin
Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri Diyego Maradona Hugo Chaves va Fidel Kastro bilan tanish bo‘lgan vaqti va ular futbolchini nimalarga o‘rgatgani haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda RT.
«Bizga o‘nglar juda bosim ko‘rsatmoqda. Bunda AQShni nazarda tutmoqdaman. Chaves katta o‘zgarishlarni xohlagandi. U bilan Nestor Kirshner, Evo Morales, shuningdek, Rafael Korrea birga edi. Biroq, o‘nglar hozir kuchliroq, ularda pul ko‘proq. Ular ko‘p narsani sotib olishi mumkin, hamda men buni tushunmayapman.
Kishilarda avvalgi prezidentlar davrida hech bo‘lmasa ovqat bor edi, hozir esa Argentinada ochlikdan aziyat chekayotgan kishilar bor, va bu juda qayg‘uli. Bunday ahvol nafaqat mening davlatimda, balki Braziliyada ham kuzatilmoqda. U yerda juda og‘ir vaziyat.
O‘nglar diktaror Mishel Temerning g‘alabasiga erishishdi. Kongress unga «ha» dedi, oddiy insonlar esa - «yo‘q». Mening fikrimcha, bu juda yoqimsiz. Men o‘z farzandlarim haqida o‘ylamayapman va fikrimcha, Braziliya, Argentina hamda boshqa ko‘plab davlatlarda kishilar ochlikdan halok bo‘lishi mumkin», - dedi Maradona.
Mavzuga oid
15:40
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
09:45 / 17.06.2026