Jahon | 08:33 / 01.07.2017
5229
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York shifoxonasida otishma yuz berdi, jabrlanganlar bor

Foto: Fox News

Nyu-Yorkning Bronks tumanidagi shifoxonada otishma yuz berdi. Oqibatda bir necha kishi jabr ko‘rgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Otishma mahalliy vaqt bilan soat 14:50da shifoxonaning 16-qavatida boshlangan. Otishma oqibatida kamida 2 kishi jarohat olgan, deb xabar bergan politsiyaga iqtibos keltirgan holda CBS telekanali. The New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, uch shifokor jarohat olgan. 

Voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan. Taxmin qilinishicha, otishmani sodir etgan kimsa miltiq bilan qurollangan bo‘lgan. Politsiya vakilining tvitterda ma'lum qilishicha, u halok bo‘lgan. Uning oldida jarohat olgan ayol topilgan.

Ta'kidlanishicha, jinoyatchi shifoxonaning sobiq xodimi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu voqeadan xabardorligi ma'lum qilingan.

Bu kun davomida AQShdagi shifoxonalarda sodir etilgan ikkkinchi otishma bo‘ldi. Avvalroq Las-Vegasdagi shifoxonalardan birida bemor otishma ochib, ikki kishini yaralab, so‘ngra o‘zining joniga qasd qilgan.

Mavzuga oid