Jamiyat | 13:07 / 01.07.2017
7542
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida avtoulov o‘g‘risi ushlandi

Angren shahrida yashovchi, Angren kon boshqarmasida ishlovchi 1970 yilda tug‘ilgan Samad Kaldibekovga (ismlari o‘zgartirilgan)  tegishli «Tiko» rusumli davlat raqam belgisi 10 C 203 KA bo‘lgan avtoulovini Angren shahri Mustaqillik ko‘chasi 80-uyda joylashgan dorixonaning oldida kalit o‘t oldirgichda va eshik qulflanmay qolganligidan foydalanib, noma'lum shaxs tomonidan noma'lum tomonga olib qochib ketadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matubot xizmati xabar bergan.

Tezkor qidiruv ishlari natijasida Samad Kaldibekovga tegishli «Tiko» rusumli avtoulovi Toshkent viloyat IIB Yo‘l patrul xizmati bataloni xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar natijasida to‘xtatilib, ushbu jinoyatni Olmaliq shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1995 yilda tug‘ilgan Bunyod Baratov sodir etganligi aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Mavzuga oid