OAV: AQShda politsiya yil boshidan buyon 500ga yaqin kishini otgan
AQShda politsiyachilar 2017 yil boshidan buyon 492 kishiga o‘q uzgan, bu esa keyingi ikki yildagi ko‘rsatkichga (yilning shu davriga nisbatan) teng.
The Washington Post nashrining yozishicha, shu bilan birgalikda qurolsiz kishilarga o‘q uzish holatlari kamaygan.
Bundan tashqari, «qora tanli kishilarga o‘q uzish» holatlari kamaygan, 2016 yilda politsiya tomonidan otilganlarning 32 foizi qora tanli edi, bu yilda bu ko‘rsatkich 26 foizni tashkil qilmoqda.
FQB ma'lumotiga ko‘ra, 1 yanvardan 29 iyungacha o‘tgan muddatda 21 politsiyachi qurbon bo‘lgan. 2016 yil davomida 66 nafar politsiya ofitseri jinoyatchilar qurboniga aylangandi.
Bundan avvalroq Chikagoda 2016 yili qotilliklar soni bo‘yicha keyingi 20 yil bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:05 / 09.11.2024
Rossiyada politsiya «an’anaviy qadriyatlar»ni mustahkamlashni boshlaydi
21:12 / 08.09.2024
Rossiyada o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi
17:41 / 25.05.2024
AQShda politsiya qiynoqqa solgan shaxsga 900 ming dollar to‘lanadigan bo‘ldi
08:58 / 06.05.2024