09:13 / 02.07.2017
9290

SkEye - ajratish qobiliyati 1 milliard piksel bo‘lgan kamera

Fransiya poytaxti Parijda 19–25 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Le-Burjye aviasalonida Isroilning Elbit Systems kompaniyasi ilk bora SkEye Wide-Area Persistent Surveillance kamerasini jahon afkor ommasiga namoyish etdi.

Yangi qurilmaning unikalligi — samodan turib vidoyeokuzatuv olib borish borasida ajratish qobiliyati milliard piksel bo‘lgan eng zamonaviy kamera ekanligida emas, u shuningdek o‘z «nigohi» bilan 80 kvadrat kilometr maydonni qamrab ololadi va u ma'lumotlarni real vaqt rejimida uzatadi. 

SkEye kamerasi ayni paytda uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlarning aksariyati jihozlangan Visual Intelligence (VISINT) tizimining modifikatsiya qilingan tizimi bois ana shunday keng maydondan ma'lumot yozib olishga qodir. Bundan tashqari, kamera belgilab berilgan ma'lum bir uchastkani kuzatuv ostiga olishi ham mumkin. Uchuvchisiz boshqariladigan apparatning elektron-optik qurilmalaridan olingan ma'lumot dastlabki qayta ishlash tizimiga uzatiladi va lokal xotirada saqlanadi 

Bir qator dasturiy o‘zgarishlardan so‘ng ma'lumotlar oqimi Boshqaruv markaziga uzatiladi, u yerda surat ishlanishi bilan birgalikda, bulutli saqlash maskaniga uning zaxira nusxalari yozib qo‘yiladi. Bulutli saqlash maskani tizimi konfiguratsiyasi bir vaqtning o‘zida unga 10 operatorning murojaat qilishiga imkon beradi. Bundan tashqari, SkEye muhim obektlar yoki hodisalar (aytaylik, yong‘in, mashina olib qochib qidirilayotgan jinoyatchi) kamera obektivi nazariga tushganda signal berish funksiyasiga ham ega. Konstruktorlarning aytishicha, SkEye kamerasi ham uchuvchi boshqaradigan samolyotlarda, ham uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlarda o‘rnatilishi mumkin. Bu holda samolyotning turi mutlaqo rol o‘ynamadi. Chunki kamera universal hisoblanadi.

Top