Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tataristondagi fojia qurbonlari ortdi, 3 kunlik motam e'lon qilindi
Tataristonning Zainsk tumanida yuk avtomobili va avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 14 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasining respublika bo‘yicha boshqamasi rahbari yordamchisi Elvir Gazizovning malum qilishicha, avtobus ichidan 14 jasad olib chiqilgan.
Oxirgi xabarlarda fojia qurbonlari soni 13 kishini (2 bola), jabrlanganlar soni 15 nafar ekani aytilgandi.
Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va respublikada 3 kunlik motam e'lon qilgan.
2 iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi Zainsk shahridan 9 kilometr uzoqda KamAZ yuk avtomobili va «Neoplan» yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi. Samara — Ijyevsk yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus ag‘darildi va yonib ketdi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.04.2026
Valdaydagi Putin qarorgohi atrofida havo hujumidan mudofaa kuchaytirildi
13:41 / 02.12.2025
Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
19:45 / 15.06.2025
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
20:56 / 20.04.2025