Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashib, O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, ta’lim va gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Kecha prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tatariston hududlari o‘rtasidagi jadal savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikkala tomon sanoat, investitsiya loyihalari, hududlar darajasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuvda xalqlar o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda eng ko‘p sonli tatar diasporasi istiqomat qiladi, bu esa tarixiy yaqinlik va madaniy mushtaraklikka asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida, Tatariston Rossiyada O‘zbekistonning eng yirik ta’lim sheriklaridan biri ekani, bu mintaqada 3,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olayotgani qayd etildi.
Saida Mirziyoyeva samimiy qabul va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik kelgusida yanada rivojlanishi va mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.




Mavzuga oid
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:35 / 06.02.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi
18:41 / 05.02.2026
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi
09:48 / 04.02.2026