Jahon | 19:03 / 03.07.2017
9152
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada prezidentga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: AFP

Fransiya politsiyasi Arjanteya shahrida (mamlakat shimolidagi Val-d'Uaz departamenti) istiqomat qiluvchi 23 yoshli fuqaroni mamlakat prezidenti Emmanuel Makronga o‘lim bilan tahdid qilgani uchun qo‘lga oldi. Bu haqda Le Parisien xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs 29 iyun kuni saytlardan biridagi yozishmadan keyin qo‘lga olingan, u 14 iyul kuni Bastiliyaning olinishi kunida (fransuzlarning asosiy bayrami) Makronga hujum qilish uchun Kalashnikov avtomati olmoqchi ekani haqida yozgandi.

Tergov vaqtida u millatchiligi ekani ma'lum bo‘ldi, u Fransiyadagi ozchilik vakillariga ham hujum qilishni ko‘zlagandi.

Prokuraturadagilar ushbu yigitning sheriklari yo‘qligini tasdiqlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid