Sport | 21:48 / 03.07.2017
26182
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun 10-12 federatsiyaga taklif bilan chiqqan

O‘zbekiston terma jamoasi kelgusida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish uchun juda ko‘p federatsiyalarga taklif bilan chiqqan. Bu haqda terma jamoa murabbiylaridan biri Viktor Jalilov ma'lum qildi.

«O‘rtoqlik uchrashuvlarga raqib tanlanayotganda albatta bizning fikrimiz ham birinchi navbatda inobatga olinadi. Biz ham rasmiy o‘yinlardagi bo‘lajak raqibga mos, o‘xshash sparring topishga harakat qilamiz. Masalan so‘nggi vaqtlarda janubiy-sharqiy Osiyo jamoalari bilan o‘ynashga harakat qilmoqdamiz.

Hozirgi kunda ham O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda 10-12ta federatsiyalarga o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun taklif jo‘natganmiz. Lekin afsuski ularning hammasi ham o‘xshamaydi. Chunki boshqa terma jamoalar bir yil, yoki bir yarim yillik rejani oldindan tuzib qo‘yishgan bo‘ladi», deya gapirib o‘tdi Jalilov FIFA ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

Mavzuga oid