Kongo DR bilan öyindan avval Atlanta şahridagi xiyobonda özbek futbol ixlosmandlari hamda yurtdoşlarimiz iştirokida milliy jamoani qöllab-quvvatlaş uçun qator tadbirlar bölib ötmoqda. Ularning içida nafaqat özbekistonliklar, balki qöşni mamlakatlardan ham mehmonlar bor. Biz allaqaçon ğolibmiz, strategik jihatdan yutdik, deydi Özbekistonning AQŞdagi elçisi.

Jorjiya ştati, Atlanta şahrida joylaşgan zamonaviy Mercedes-Benz stadionida AQŞ vaqti bilan 27 iyun keçqurun, Özbekiston vaqti bilan esa 28 iyun tongda jahon çempionati doirasida öyin bölib ötadi. Bu katta ehtimol bilan Özbekiston milliy jamoasining oxirgi öyini bölişi mumkin. Lekin, futbolçilar va milliy jamoa ğalabadan umidvor.

Atlantadagi Founders Green Park’da AQŞ, Kanada, Meksikadagi özbeklar, özbek diasporasi vakillari, futbol ixlosmandlari va muxlislar iştirokida öyin oldidan tadbirlar ötkazilmoqda. Unda özbekona kuy-qöşiqlar yangradi, yurtdoşlarimiz raqsga tuşdi, futbolçilarga omad tiladi.

Kun.uz tadbirga kelgan Özbekistonning AQŞdagi favqulodda va muxtor elçisi – Furqat Sidiqov bilan suhbatlaşdi. Biz ğalaba qozondik, strategik jihatdan yutdik, deydi diplomat.

“Bu yerda faqatgina vatandoşlarimiz emas, Markaziy Osiyodan kelgan bizning qardoş qöşnilarimizning vakillari ham bor. Özingizga ma’lum, bu birinçi tadbir emas. Biz har bitta jamoamiz öynagan şaharda mana şunaqa tadbirlarni qildik. Elçixona va boşqa vazirliklar bilan birgalikda. Nafaqat bizning vatandoşlar, diaspora vakillari, balki qöşni davlatlardan ham kelişdi. Bizning futbolimiz Markaziy Osiyoni birlaştirdi”, deydi Furqat Sidiqov.

Elçining qöşimça qilişiça, Kongo bilan öyinda futbolçilarimiz ğalaba qozonişi kerak. Lekin strategik jihatdan biz allaqaçon yutdik, deya qöşimça qiladi Sidiqov.

“Hozir Atlanta Özbekistonga aylandi. Qayerga qarasangiz özbeklar. Özbekiston madhiyasi yangraganda va bayroğimiz stadionga çiqqanda millionlab odamlar kördi. Hozir Özbekistonga boraman degan odamlar , bilasizmi, elçixonaga murojaatlar kamida 3-4 martaga köpayib ketdi. Bu katta reklama”, deydi AQŞdagi elçi.

Şuningdek, xiyobonda yiğilgan yurtdoşlarimiz ham Kongoga qarşi öyindan ğalaba kutayotganliklarini bildirişdi.