Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida jazirama kuzatiladi
3-9 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab jazirama kuzatiladi. Ba'zi hududlarda havo harorati +45 darajagacha ko‘tariladi.
Gidrometeorologiya markazi ma'lum qilishicha, O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo oqimi kirib keladi.
Hafta davomida havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 4-6 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat o‘rtacha +38…+43 darajaga yetadi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida harorat +44…+45 darajagacha ko‘tariladi, garmsel bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan 3-9 iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘ hududlarida Tojikiston hamda Qirg‘izistondagi muzlar erishidan hosil bo‘lgan sel oqimlari kelishi xavfi bor.
Mavzuga oid
08:40
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
22:52 / 30.06.2026
Konditsionersiz uydagi haroratni pasaytirishga yordam beradigan 5 ta samarali usul
22:02 / 29.06.2026