Jahon | 11:00 / 04.07.2017
6467
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Putin va Si Jinpingdan KXDRning harakatlariga nisbatan yanada konstruktiv pozitsiyada bo‘lishni so‘raydi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe nameren Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Jinpingdan Shimoliy Koreya masalasida «yanada konstruktiv» pozitsiyada bo‘lishni so‘raydi. U bu haqda jurnalistlar bilan uchrashuvda aytdi.

U KXDR yana bir bor raketa uchirganidan xabar qilgan va Shimoliy Koreya dunyo hamjamiyatining ogohlantirishlariga bee'tibor bo‘lib, o‘z harakatlarini davom ettirayotganiga urg‘u qaratgan.

Abe G20 sammiti doirasida AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari Donald Tramp va Mun Je In bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishi haqida ma'lum qilgan.

«Men shuningdek, forum vaqtida XXR rahbari Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilaman hamda Xitoy va Rossiya KXDR bilan munosabatlarda konstruktiv pozitsiyasini bildirishini so‘rayman», — degan u.

O‘z navbatida Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga ma'lum qildiki, KXDR raketa sinovini davom ettirib, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini ochiqchasiga buzdi.

Shimoliy Koreya 4 iyul kuni navbatdagi ballistik raketani uchirdi. Raketa Yaponiya maxsus iqtisodiy hududiga tushgani taxmin qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid