Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqidagilar IShID va «Al-Qoida» tez orada birlashishi mumkinligidan xavfsiramoqda
Yevropa ittifoqining terrorizmga qarshi kurash ishlaridagi muvofiqlashtiruvchisi Jil de Kershovning hisoblashicha, yaqin kelajakda IShID va «Al-Qoida» terrorchilik tashkilotlarining qo‘shilishi ehtimoli mavjud.
Belgiyaning Soir gazetasiga bergan intervyusida Kershov IShID terrorchilarining «joylardagi» ochiq-oydin muvaffaqiyatsizliklariga qaramasdan, tashkilot internetda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Uning fikricha, xalqaro tarmoqdagi bunday «arzon terrorchilik»ka e'tiborni jalb qilish bilangina kifoyalanmasdan, «terrorchilik tashkilotlari mavujudligini ham unutmaslik kerak». Kershov shuningdek, «IShID va «Al-Qoida» tez orada birlashishi» ehtimoli borligini ham aytib o‘tgan.
Siyosatchining tushuntirishicha, terrorchilikka qarshi kurashish uchun «internetda targ‘ibotni qisqartirish va kurashish usullarni rivojlantirishda yanada ko‘proq sa'y-harakatlar zarur».
Kershovning qo‘shimcha qilishicha, Yeropa ittifoqining politsiya xizmatida tarmoqning doimiy monitoringini olib boruvchi mutaxassislar jamoasi allaqachon tuzilgan.
«Biz internetni doimiy kuzatuv ostiga olgan 20 kishidan iborat jamoani tuzib bo‘lganmiz. Ular shu paytgacha 30 mingdan ziyod noqonuniy saytlarni aniqlab berishgan», — dedi u.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025