Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada 16 yoshli o‘smir 71 yoshli kampirga uylandi
Indoneziyada 16 yoshli Salomat Riyoziy ismli o‘smir 71 yoshli Ro‘hayo ismli ayolga uylandi. Juftlikning oilalari bu nikohga qarshi bo‘lganlar, biroq "yoshlar" agar ularga turmush qurishga ruxsat bermasalar, o‘z jonlariga qasd qilish bilan tahdid qilishgan, deb yozmoqda The Mirror nashri. Ushbu antiqa nikoh videosi internetda paydo bo‘ldi.
O‘smir qolgan hayotini yuragi to‘ridan joy olgan ayol bilan o‘tkazmoqchiligini aytgan. Sevishganlar oilalari shunchalik kambag‘allarki, bu yerda biror manfaatni ko‘zlab turmush qurilgani haqida umuman gap ketmayapti. Kelin uchun 200 ming indonez rupiysi (11 dollar) miqdorida kamsuqumgina qalin puli berilgan.
Nikohning videosi va suratlari Indoneziya ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgandan keyin ko‘pchilik bu ittifoq haqiqiyligiga shubha bildirgan. Biroq juftlik qarindoshlari telekanallardan biriga bergan intervyuda nikoh haqiqiyligini tasdiqlashgan.
Mavzuga oid
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026