Jahon | 13:50 / 04.07.2017
16189
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR raketalarini boshqa qit'alardagi nishonlarga tekkiza olishini e'lon qildi

Foto: Reuters

KNDR uchirgan oxirgi raketa 2802 km balandlikda uchib, 933 km uzoqlikdagi nuqtaga borib tushgan. Bu haqda KXDR davlat televideniyesiga asoslangan holda «Yonhap» agentligi xabar tarqatdi.

«Xvason-14» rusumli ballistik raketa sinovi 4 iyulga o‘tar kechasi mamlakat rahbari Kim Chen In guvohligida o‘tkazilgan.

Janubiy Koreya va AQSh tomoni KXDR o‘rta masofaga harakatlanuvchi ballistik raketa uchirgani (5,5 ming kilometrgacha), bu raketa 930 km masofadagi Yaponiya maxsus iqtisodiy zonasidagi hududga, dengizga tushgani haqida ma'lum qildi.

Bu sinov Hamburgda 6 iyul kuni boshlanadigan G20 sammiti arafasida amalga oshirildi. AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya va Yaponiya bu harakatga sabr qilib turishiga ko‘zi yetmayotgani haqida gapirib, Xitoyni hal qiluvchi qadam tashlashga chaqirdi.

Bungacha shimoliy koreyaliklarning raketalari 4 ming kilometrdan uzoqqa uchib bora olmaydi, deb hisoblanardi. 

Mavzuga oid