Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Rossiyada teraktlar sodir etishni taklif qildi
Viktor Yushenko prezidentligi vaqtida Ukraina mudofaa vaziri lavozimini egallagan Anatoliy Gritsenko Rossiya hududida teraktlar sodir etishga chorladi. U bunday taklifni "112 Ukraina" telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
Gritsenkoning fikricha, bir necha yuqori lavozimdagi harbiylar halok bo‘lgan Kiyev va Mariupoledagi portlashlarga xuddi shunday yo‘sinda javob berish kerak. "Agar bu prezident uchun o‘yin emas, haqiqatan urush bo‘lsa, unda Kiyev yoki Mariupolda havoga uchgan har bir mashinaga javoban Taganrog yoki Moskvada ikkitadan mashina uchishi kerak", deb aytdi Gritsenko.
Joriy yilning birinchi yarmida Ukrainada teraktlar oqibatida harbiy tuzilmalarning bir qator zobitlari halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida Ukraina xavfsizlik xizmati polkovniklari Aleksandr Xaraberyush va Yuriy Vozniy, Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlari boshlig‘i Maksim Shapoval bor. Ularning barchasi avtomobillar portlatilishi oqibatida halok bo‘lgan.
Gritsenko o‘zining bahsli gaplari bilan tanilgan. Misol uchun u 2014 yil iyunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirilishini ma'qullashini aytgan. Bundan tashqari, u Rossiya samolyotlari va poyezdlarini yo‘q qilishga chorlagan.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026