O‘zbekiston | 23:43 / 05.07.2017
48287
1 daqiqa o‘qiladi

Qahramon Quranboyev Prezident maslahatchisi va senator etib tayinlandi

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 iyuldagi farmonlari bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quranboyev Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi va Oliy majlis Senati a'zosi etib tayinlandi. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston Prezidenti saytida chop etildi.

Avval Prezidentning jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan Qahramon Quranboyev 30 iyunda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (sobiq "Kamolot" yoshlar harakati) rahbari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid