Tojikistonda IShID safiga o‘tib ketgan OMON qo‘mondonining qarindoshlari o‘ldirildi
Tojikistonda respublika OMON sobiq qo‘mondoni, 2015 yil yozida IShID safiga borib qo‘shilgan Gulmurod Xalimovning ikki ukasi va ikki qarindoshi o‘ldirildi.
Tojikiston IIV bergan ma'lumotga ko‘ra, Xalimovning qarindoshlari 5 iyulga o‘tar kechasi huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan Afg‘oniston hududiga o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘q qilingan.
IIV rasmiysi ma'lumotiga ko‘ra, OMONning sobiq qo‘mondoni qarindoshlari qurolli qarshilik ko‘rsatgan. Amaliyot vaqtida Xalimovning ukalaridan biri Tojikiston IIV xodimi Anvar Xuseynovga tig‘li jarohat yetkazgan.
Xalimovning yana uch qarindoshi Tojikiston militsiyasi tomonidan qo‘lga olingan.
Aprel oyida Xalimovning 18 yoshli o‘g‘li Behruz Xalimov qo‘lga olingandi. U Tojikiston Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha ayblangan. Yaqin kunlarda qo‘lga olinganlar ustidan sud jarayoni o‘tkaziladi.
3 yil davomida Tojikistonda OMON qo‘mondoni bo‘lgan Gulmurod Xalimov 2015 yili Suriyaga ketib, IShID safiga borib qo‘shilgandi. U rus va tojik tillarida videomurojaat qilib, respublika fuqarolarini jangarilar safiga o‘tishga chaqirgandi. Xalimovning ushbu murojaati tufayli Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarga va YouTube portaliga kirish to‘silgandi.
Xalimov IShID safida harbiy dala qo‘mondoni edi, u 2017 yil aprelida Mo‘sulda o‘ldirilgani haqida xabar qilingan. Ammo Tojikiston hukumati uning o‘limini tasdiqlamadi va u hamon xalqaro qidiruvda bo‘lib turibdi.
Tojikiston maxsus kuchlarining sobiq boshlig‘i IShID harbiy qo‘mondonligiga boshliq bo‘ldi
Mavzuga oid
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
20:54 / 11.08.2024