Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo‘lgan talabalar kontraktining 35 foizi to‘lab beriladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotga faol a'zo bo‘lgan talabalar to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizini to‘lab beradi. Bu haqda «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ta'lim bo‘yicha to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Shuningdek, ushbu tizimda 3 yil va undan ko‘p muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi
18:15 / 08.11.2021
Yoshlar ittifoqi hududiy sektor yoshlari va rahbarlari ishtirokida kitobxonlik tanlovi o‘tkazadi
22:51 / 08.09.2021
Oliy ta'limda to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
16:00 / 19.04.2021