16 aprel kuni Özbekiston Yoşlar ittifoqining kollegial yiğilişi ötkazildi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Yiğilişda taşkiliy masala körilib, Şavkat Zayniddinov Yoşlar ittifoqi markaziy kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimiga saylangan.

Şavkat Zayniddinov 1983 yil 21 avgustda Toşkent viloyatida tuğilgan, 2006-2010 yillarda Toşkent avtomobil va yöllar instituti talabasi bölgan.
U turli yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati tizimlarida va taşkilot tugatilgaç, Yoşlar ittifoqining Sirdaryo viloyat boşqarmasi raisi sifatida faoliyat körsatgan.
Yiğilişda markaziy kengaş raisining kadrlar siyosati böyiça örinbosari ham saylangan. Unga köra, şu paytga qadar Yoşlar işlari agentligi Surxondaryo viloyat boşqarmasi boşliği vazifasida işlagan Şerzod Olimov bu lavozimni egallagan.

Şerzod Olimov 1988 yil 20 iyunda Surxondaryo viloyatida tuğilgan.
Avvalroq, Özbekiston Yoşlar ittifoqi markaziy kengaşi raisi Akmal Jumaboyev Sergeli tumani hokimining birinçi örinbosarligiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Jumaboyevdan keyin uşbu lavozim vakantligiça qolmoqda. Taşkilot matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, navbatdagi kollegial yiğilişda taşkilotga rais saylaş masalasi ham körilişi kutilmoqda.
















