Jahon | 00:18 / 06.07.2017
9568
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikaning AQSh bilan chegaradosh shtatidagi otishmada 26 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning AQSh bilan chegaradosh Chiuaua shtatida yuz bergan otishma oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Voqea Las-Varas qishlog‘ida yuz bergan. Bu yerda qurollangan ikki guruh odamlar bir-birlariga qarata o‘q uzishgan.

Bosh prokuraturada qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid