15:30 / 06.07.2017
13679

«MYu» APLning yulduz hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

«Everton» hujumchisi Romelu Lukakuning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda VVS manbalari xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, «MYu» yakunlangan mavsum to‘purarlaridan birini 86 million yevro evaziga transfer qiladi.

Lukaku kelayotgani tufayli «Real»dan Alvaro Moratani olib kelishga hojat qolmaydi, inglizlar klubi ispan grandi bilan ushbu transfer bo‘yicha kelisha olmayapti.

Manchesterliklar murabbiyi 15 iyulda boshlanadigan mavsumoldi yig‘inlarga qadar jamoaga hujumchi qo‘shib olishni istamoqda.

Lukakuning agenti Mino Rayola hisoblanadi. Rayola o‘tgan yozda ushbu agentning uch nafar mijozi – Pol Pogba, Zlatan Ibrahimovich va Genrix Mxitaryanni transfer qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq tarqalgan xabarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Alvaro Morata o‘rniga  aynan Lukakuni sotib olishga harakat qilayotgani aytilgandi.

Ba'zi manbalarga ko‘ra, Lukaku uchun «Manchester Yunayted» va «Chelsi» 115 million yevro (100 million funt) berishga tayyor bo‘lib turishibdi.

Top