23:15 / 06.07.2017
19234

OAV Ronaldu jamoasini o‘zgartirish harakatida yurganidan xabar topdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining Ibitsadagi ta'tili vaqtida «PSJ» klubi prezidenti Nosir al-Xalayfiy bilan sirli ravishda ko‘rishgan va o‘zining jamoaga o‘tishi masalasini muhokama qilgan. Bu haqda Ispaniyaning Okdiario nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, al-Xalayfiy 32 yoshli futbolchining agenti Jorjye Mendesh  va «Real» prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi aloqada bo‘lib keladi. «PSJ» prezidenti Ibitsadagi yaxtasida Ronaldu bilan ko‘rishgan va uning bo‘lajak transferi masalasini muhokama qilib olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Krishtianu Ronaldu soliqlarni bo‘yin tovlashda ayblanib, qamoq xavfi ostida qolayotgandi. Futbolchi qamoqdan qutulib qolish maqsadida belgilangan 14,8 mln yevroni to‘lashga tayyorligini bildirgan. Shuningdek futbolchi bu vaziyatda klub uni qo‘llab-quvvatlamayotganidan norozi bo‘lib jamoani tark etmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top