Putin internetdan foydalanish erkinligi xususida qarashlarini bildirdi
Rossiya internetdan foydalanish erkinligi tarafdoridir, ammo buni barcha narsani qilish va jazodan qutilib qolish kabilar bilan almashtirish mumkin emas. Chunki, bu holat xakerlik guruhlarining avj olishiga olib keladi, deya bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bunday salbiy ko‘rinishlarga qarshi universal kelishuvlarga erishish zarur, Moskva shu kabi takliflarga ijobiy yondashuvni kutmoqda, deb yozadi RIA Novosti.
"Rossiya kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan Internetdan foydalanish erkinligining izchil tarafdori bo‘lib keladi. Axborot kengliklarida inson huquqlarini himoya qilishga katta ahamiyat beramiz. Shu bilan birga, raqamli muhitda, boshqalarida bo‘lgani kabi erkinlik hamma narsani qilish mumkinligi va jazosiz qolish bilan almashmasligi kerak",- deb yozdi Putin Germaniyaning Handelsblatt gazetasida e'lon qilingan maqolasida.
Maqola 7-8 iyul kunlari Hamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti arafasida nashrning elektron namunasida chop etildi.
Putinning qayd etishicha, internetda jazodan qutilib qolishlik va xohlagan narsani qilishlik "kiberjinoyatchilik, xakerlik guruhlari, ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda fuqarolarning shaxsiy hayoti yoki suveren davlatlar daxlsizligiga rahna solish avj olishiga olib keladi". "Rossiya ushbu zamonaviy chaqiriqning xavfini birinchilardan bo‘lib sezgani uchun bir necha yillardan beri ushbu salbiy ko‘rinishlarga qarshi BMT doirasida universal xalqaro kelishuvlarga erishishni ilgari surib keladi. Biz bunda boshqa davlatlarning ijobiy hamda manfaatli yondashuviga ishonamiz".
Rossiya prezidenti axborot xavfsizligi mavzusi —"Katta yigirmalik" doirasidagi yangi mavzudir.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024