Jahon | 08:04 / 06.07.2017
5507
2 daqiqa o‘qiladi

Tillerson Ukrainaga tashrifi vaqtida Poroshenko bilan nimalarni muhokama qiladi

Foto: AP Photo / Pool/Carlos Barria

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Kiyevga 9 iyuldagi tashrifi doirasida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga Ukraina sharqidagi ixtilof bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bildiradi hamda bu masala bo‘yicha ko‘proq ma'lumot to‘plashga harakat qiladi, deb aytdi AQSh Davlat departamentidagi manba.

Uning aytishicha, Vashington Ukrainadagi vaziyatni siyosiy hal qilish bo‘yicha Minsk kelishuvlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va unga muqobil yechim borligini ko‘rmaydi.

"Davlat kotibi Rossiya va Ukraina rozi bo‘ladigan boshqa yaxshi variant yo‘qligini aytdi. "Minsk" – bizda mavjud bo‘lgan yechim va biz uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Biroq bu agar maqsadga erishishning yaxshiroq usuli bo‘lsa, boshqa optsiyalarni istisno qilmaydi va u Ukraina va Rossiya tomondan qabul qilinadi", deb aytgan manba.  

Amaldor Vashington "Normand formati" va Minsk kelishuvlarini qo‘llab-quvvatlash variantini ko‘rib chiqayotganini aytdi.

Uning aytishicha, Tillerson Poroshenko bilan Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi borasida AQShning har tomonlama ko‘magini muhokama qilmoqchi. Diplomatning ta'kidlashicha, AQSh Kiyevga qirg‘in quroli yetkazmoqchi emas.  

Kiyev iyunda 2-3 oy ichida AQSh bilan qurol-aslaha yetkazish bo‘yicha kelishuvni imzolashni mo‘ljallayotganini aytgandi. Keyinroq Poroshenko gap qirg‘in quroli emas, balki mudofaa quroli haqida ketayotganini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid